Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech
info@qml.uz
(998 71) 268-10-10
A- A A+

contrast

2015 yil 17 iyun "RILK «Qurilishmashlizing»" AJ aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi to'g'risi haqida Xabarnoma

Seshanba, 26 May 2015 18:55

XURMATLI AKSIYaDORLAR!

100011, Toshkent shaxar, A.Navoiy ko‘chasi, 7 uy manzilida joylashgan «Respublika Ixtisoslashtirilgan Lizing Kompaniyasi «Qurilishmashlizing» AJ, o‘zining barcha aksiyadorlariga 2015 yil 17 iyun kuni soat 11-00 da kompaniya ofisi (2-qavat) da bo‘lib o‘tadigan 2015 yil 18 maydagi Kompaniya Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomali qarori bilan chaqirilgan aksiyadorlarning yillik umumiy majlisi xaqida xabar qiladi.

 

Kun tartibi:
1«RILK «Qurilishmashlizing» AJ aksiyadorlari yillik umumiy majlisi uchun sanoq komissiyasining miqdoriy va xodimlar tarkibini tasdiqlash.

2. «RILK «Qurilishmashlizing» AJ aksiyadorlari yillik umumiy majlisi uchun reglamentni tasdiqlash.

3. 2014 yil yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi xisobotini tasdiqlash.

4. 2014 yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi xisobotni tasdiqlash.

5. Kompaniyaning 2014 yil bo‘yicha moliyaviy faoliyati va u bilan bog‘liq xisobdorlikni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor xulosasini ko‘rib chiqish.

6. 2014 yil bo‘yicha kompaniya moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish.

7. 2014 yil yakunlari bo‘yicha yillik buxgalteriya balansi, daromad va xarajatlar taqsimotini tasdiqlash.

8. Ijro organi rahbarining faoliyatini baxolash. Boshqaruv raisiga nomzodni tasdiqlash va u bilan 1 yillik muddatga ishga qabul qilish shartnomasini qaytadan tuzish.

9. Kuzatuv kengashini saylash.

10. Taftish komissiyasini saylash.

11. RILK «Qurilishmashlizing» AJ Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.

12. Ijro organi – Boshqaruv to‘g‘risidagi Qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.

13. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

14. Kompaniyaning vakolatlangan shaxslari bilan aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy majlisigacha bo‘lgan muddat uchun tuzilgan bitimlarni ma'qullash.

 

RILK «Qurilishmashlizing» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy majlisining boshlanish vaqti soat 11:00 da.

Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti – soat 10:30 dan boshlanadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy majlisida ishtirok etishga xaqli bo‘lgan Kompaniya aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi – 2015 yil 11 iyun.

Majlisda qatnashish uchun ro‘yxatga olishda, aksiyador vakili O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa xujjat, xamda tegishlicha rasmiylashtirilgan vakolatnomani taqdim etishi shart. 

Kun tartibiga oid qo‘shimcha ma'lumot uchun, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (+998 71) 241-66-16. 

Aksiyadorlarga taqdim etilishi kerak bo‘lgan barcha zaruriy ma'lumot (materiallar) elektron pochta orqali yuboriladi.

 

Elektron pochta manzili: Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.; Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.

Rasmiy veb-sayt: www.qml.uz

Bizbilan boglaning

 
O'zbekiston Respublikasi, 100170 
Toshkent sh., Mustaqillik sh. k., 105
 
(998 71) 268-10-10
(998 71) 268-08-40

Mintaqaviy tarmoq

  • Toshkent vil.
  • Sirdaryo vil.
  • Samarqand vil.
  • Surxondaryo vil.
  • Qashqadaryo vil.
  • Buxoro vil.
  • (998 71) 267-31-71
  • (998 93) 515-86-66
  • (998 91) 519-32-27
  • (998 97) 532-63-00
  • (998 90) 441-25-00
  • (998 97) 798-35-38

Foydali havolalar

gov.uzmy.gov.uz
gis.uzdata.gov.uz
cert.uz
Яндекс.Метрика

Tashrif buyuruvchilar statistikasi

Bugun: 26

Bir oyda: 743

Jami: 56254

Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech