Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech
info@qml.uz
(998 71) 268-10-10
A- A A+

contrast

2019 yil 06 mart "RILK «Qurilishmashlizing»" AJ aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi haqida Xabarnoma

Seshanba, 26 Fevral 2019 14:45

HURMATLI AKSIYADORLAR!

Аksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Qurilishmashlizing» Respublika Ihtisoslashtirilgan Lizing Kompaniyasi» 100170, Toshkent shahri, Mustakillik shox ko’chasi, 105 uyda joylashgan bo’lib, o'z aktsiyadorlarini shu haqda xabardor kiladiki 2019 yil 06 mart kuni soat 11:00 da (2-qavat, мajlis xonasi), Kompaniyaning 2019 yil 20 fevraldagi Kuzatuv kengashi majlisining bayonomasi qaroriga muvofiq aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Kun tartibi:
1. «RILK «Qurilishmashlizing» AJ aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi hisob qo'mitasi miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
2. «RILK «Qurilishmashlizing» AJ aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qoidalarini tasdiqlash;
3. Jeksimbankning (Zhanubiy Koreya) 14 377 350 AQSh dollari miqdorida horizhiy kredit liniyasini O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankining Yashnobod filiali orqali olish masalarini ko’rib chiqish;
4. O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Yashnobod filialidan uch yil muddatga yillik stavkasi 20% sharti bilan 150 mlrd. so'm miqdorida kredit olish masalasini ko’rib chiqish.

«RILK «Qurilishmashlizing» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi soat 11:00 da boshlanadi.

Aktsiyadorlarni ro'yxatdan o'tqazish soat - 10:30 da boshlanadi.

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi tugrisidagi xabar berish uchun ro'yxatini shakllantirish sanasi – 2019 yil 20 fevral.

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega jamiyat aktsiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi – 2019 yil 28 fevral.

Ơzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’grisida»gi qonunning 40-moddasi talablariga muvofiq 2019 yil 6 mart kuni o’tkaziladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigilishida “RILK “Qurilishmashlizing” AJ tomonidan yirik bitim tuzish to’grisida qaror qabul qilinadi. Unda ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo’lgan aksiyadorlar qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo’lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko’ra ishtirok etmagan bo’lsa, o’zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.

“RILK “Qurilishmashlizing” AJ tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlarning ro’yxati aksiyadorlar umumiy yigilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan “RILK “Qurilishmashlizing” AJ aksiyadorlari 2019 yil 28 fevralda shaklantirilgan reestrining ma'lumotlari asosida tuziladi.

“RILK “Qurilishmashlizing” AJ aksiyalarini sotib olish va ushbu aksiyalarni bozor qiymati bo’yicha amalga oshirish, “TSIAR-EKSPERT” MChJ mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan xar bir aksiya uchun 1001 so’m belgilangan miqdorda amalga oshirishi mumkin.

Aksiyadorning o’ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to’grisidagi yozma talabi aksiyadorning joylashgan eri va uning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko’rsatilgan holda “RILK “Qurilishmashlizing” AJ ga yuboriladi.

Aksiyadorlarning o’ziga tegishli aksiyalarning “RILK “Qurilishmashlizing” AJ tomonidan qaytarib sotib olinishi to’grisidagi yozma talablari 2019 yil 6 martda bo’ladigan aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan e'tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay “RILK “Qurilishmashlizing” AJ ga taqdim etilishi kerak. Mazkur muddat tugaganidan so’ng “RILK “Qurilishmashlizing” AJ qaytarib sotib olish talabini qo’ygan aksiyadorlardan aksiyalarni o’n kun ichida qaytarib sotib olishi shart.

Majlisida ishtirok etish uchun ro'yxatga olishda, aktsiyadorlar vakili pasport yoki O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat va ishonchnoma belgilangan tartibda ijro kuchiga ega bo'lishi kerak.

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni Kompaniya ofisidan olishingiz mumkin, aktsiyadorlarga berilishi kerak bo'lgan barcha zarur ma'lumotlar (materiallar), elektron pochta orqali yuboriladi.

Kun tartibi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun, telefon orqali bizga murojaat qilishingizni suraymiz: (998 71) 268-06-30.

Elektron pochta manzili: Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.
Rasmiy web-sayti: www.qml.uz

Bizbilan boglaning

 
O'zbekiston Respublikasi, 100170 
Toshkent sh., Mustaqillik sh. k., 105
 
(998 71) 268-10-10
(998 71) 268-08-40

Mintaqaviy tarmoq

  • Toshkent vil.
  • Sirdaryo vil.
  • Samarqand vil.
  • Surxondaryo vil.
  • Qashqadaryo vil.
  • Buxoro vil.
  • (998 71) 267-31-71
  • (998 93) 515-86-66
  • (998 91) 519-32-27
  • (998 97) 532-63-00
  • (998 90) 441-25-00
  • (998 97) 798-35-38

Foydali havolalar

gov.uzmy.gov.uz
gis.uzdata.gov.uz
cert.uz
Яндекс.Метрика

Tashrif buyuruvchilar statistikasi

Bugun: 31

Bir oyda: 748

Jami: 56259

Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech