Yangiliklarga obuna bo'ling
"RILK "Qurilishmashlizing"" AJ Bo'sh ish o'rinlari
Seshanba, 02 Avgust 2016 10:03
Lizing loyihalarini strategik rejalashtirish, tahlil qilish va o'rganish bo'limi mutaxassisi
Vazifalari:
- kelgusi davr uchun biznes-reja ishlab chiqish va hisobot davri uchun taxlil qilishni amalga oshirish, Kompaniyaning kelgusidagi va joriy moliyaviy rejalarini tuzish;
- Kompaniyaning lizing faoliyatini tashkil etishda ishtirok etish;
- bo'lim boshlig'ining topshirig'iga binoan Kuzatuv kengashi, Boshqarma va bo'linmalar rahbarlariga taqdim etish uchun ularning xizmat vazifalariga tegishli bo'lgan qismini hamda Kompaniya rahbariyatining yozma murojaati va yozma roziligi bilan boshqa tashkilotlar va muassasalarga tezkor, doimiy va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash;
- potentsial lizing oluvchining taqdim etilgan hisobotini tezkor (ekspress) taxlil qilishni amalga oshirish. Ijobiy natijada lizing loyihasining moliyaviy taxlil, biznes-rejasi/texnik iqtisodiy asoslanganligining har tomonlama taxlilini o'tkazadi;
- biznes-reja bo'yicha belgilangan vazifa va ko'rsatkichlarni bajarishning monitoringini amalga oshirish;
- perspektiv rejaga muvofiq Kompaniyaning rivojlanish prognozini tuzish, Kompaniya biznes-rejasining asosiy elementlarini aniqlash;
- ichki va tashqi foydalanuvchilarga zarur moliyaviy tezkor, doimiy va taxliliy ma'lumotlar bilan ta'minlash.
Kasbga oid talablar:
- oliy ma'lumot (iqtisodiyot sohasida);
- moliya iqtisodiy yoki lizing sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo'lishi;
- biznes muloqot etikasi va estetikasi, muzokaralar olib borish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati, strategik rivojlanishiga tegishli bo'lgan normativ va metodik materiallarini bilish;
- lizing aloqalari sohasida, lizing kompaniyalari va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qat'iy belgilovchi huquqiy-normativ aktlar doirasida qonunchilik aktlarini bilish;
- bugalterlik xisobini bilish;
- Kompaniyani rivojlantirish istiqbollari, biznes-rejani ishlab chiqish tartibini bilish.
Yashash manzili: Toshkent sh.
Til bilishi: uzbek, tus va ingliz tillari
Yoshi: 25 – 45 yosh
Jinsi: Axamiyatga ega emas
Bandligi: to'liq
Agar Siz kompaniyamizda ishlashni hohlasangiz?
Elektron pochta manzilimizga (Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.) yoki faks (+99871 267-08-40) orqali rezyume yuborishingiz mumkin.