Lizing shartlari
Payshanba, 25 Avgust 2016 23:21Moliyalashtirish shartlari
- lizing oluvchining avans to'lovi
- lizing beruvchining shaxsiy mablag'lari
- bank kreditlari va x.k.
Lizing shartlari
Lizing oluvchi: Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaxslar. Birinchi navbatda, qurilish-pudrat tashkilotlar Reestriga kiritilganlar;
Lizing ob'ekti: Maxsus texnika, mashinalar va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalari;
Lizing muddati: 13 oydan 36 oygacha;
Avans to'lovi: lizing ob'ekti qiymatidan kamida 25%;
Kompaniyaning bir martalik to'lovi: lizing ob'ekti qiymatidan 2.5%;
Foizli norma (%): yillik 16%;
Lizing to'lovlarining davriyligi: xar oy.
Mulkchilik huquqi:
«Qurilishmashlizing» Kompaniyasi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida lizing muddati davomida mulkchilik huquqini o'zida saqlab qoladi;
- Mulkchilik huquqining o'tishi: lizing ob'ektiga bo'lgan mulkchilik xuquqi lizing muddati tugashi bilan lizing shartnomasiga binoan Lizing oluvchilar tomonidan barcha majburiyatlarni amalga oshirish sharti bilan yoki lizing shartnomasida kelishilgan shartlarda lizing shartnomasi muddati tugashiga qadar qolgan muddat uchun barcha lizing to'lovlarini muddatidan oldin to'lash sharti bilan Lizing oluvchiga o'tadi;
- Qo'shimcha xarajatlar: Davtexnazorat, DANda ro'yxatdan o'tkazish, lizing ob'ekti sug'urtasi va boshqalar dastlabki avans to'lovlari summasiga kiritiladi;
- Soliq to'lovlari: agar lizing ob'ektini chet el ta'minlovchisidan olsa, «Qurilishmashlizing» Kompaniyasi lizing ob'ekti qiymatiga soliq xarajatlarini kiritish bilan lizing ob'ektini bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.