Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech
info@qml.uz
(998 71) 268-10-10
A- A A+

contrast

"RILK "Qurilishmashlizing"" AJ Bo'sh ish o'rinlari

Seshanba, 02 Avgust 2016 10:03

 

Lizing loyihalarini strategik rejalashtirish, tahlil qilish va o'rganish bo'limi mutaxassisi

Vazifalari:

  • kelgusi davr uchun biznes-reja ishlab chiqish va hisobot davri uchun taxlil qilishni amalga oshirish, Kompaniyaning kelgusidagi va joriy moliyaviy rejalarini tuzish;
  • Kompaniyaning lizing faoliyatini tashkil etishda ishtirok etish;
  • bo'lim boshlig'ining topshirig'iga binoan Kuzatuv kengashi, Boshqarma va bo'linmalar rahbarlariga taqdim etish uchun ularning xizmat vazifalariga tegishli bo'lgan qismini hamda Kompaniya rahbariyatining yozma murojaati va yozma roziligi bilan boshqa tashkilotlar va muassasalarga tezkor, doimiy va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash;
  • potentsial lizing oluvchining taqdim etilgan hisobotini tezkor (ekspress) taxlil qilishni amalga oshirish. Ijobiy natijada lizing loyihasining moliyaviy taxlil, biznes-rejasi/texnik iqtisodiy asoslanganligining har tomonlama taxlilini o'tkazadi;
  • biznes-reja bo'yicha belgilangan vazifa va ko'rsatkichlarni bajarishning monitoringini amalga oshirish;
  • perspektiv rejaga muvofiq Kompaniyaning rivojlanish prognozini tuzish, Kompaniya biznes-rejasining asosiy elementlarini aniqlash;
  • ichki va tashqi foydalanuvchilarga zarur moliyaviy tezkor, doimiy va taxliliy ma'lumotlar bilan ta'minlash.

Kasbga oid talablar:

  • oliy ma'lumot (iqtisodiyot sohasida);
  • moliya iqtisodiy yoki lizing sohasida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo'lishi;
  • biznes muloqot etikasi va estetikasi, muzokaralar olib borish ko'nikmalariga ega bo'lish;
  • Kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati, strategik rivojlanishiga tegishli bo'lgan normativ va metodik materiallarini bilish;
  • lizing aloqalari sohasida, lizing kompaniyalari va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qat'iy belgilovchi huquqiy-normativ aktlar doirasida qonunchilik aktlarini bilish;
  • bugalterlik xisobini bilish;
  • Kompaniyani rivojlantirish istiqbollari, biznes-rejani ishlab chiqish tartibini bilish.

Yashash manzili: Toshkent sh.
Til bilishi: uzbek, tus va ingliz tillari
Yoshi: 25 – 45 yosh
Jinsi: Axamiyatga ega emas
Bandligi: to'liq

 

Yuridik xizmat mutahassisi

Vazifalari:

  • yuridik xizmat boshlig'ining topshirig'ini, hamda yuridik xizmatga yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida, to'g'ri va samarali bajarish;
  • Kompaniyada va tarkibiy bo'linmalarda aniqlangan qonunning buzilishi to'g'risida yuridik xizmat boshlig'iga kechiktirmasdan xabar berish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha yuridik xizmat rahbari bilan qo'shma qaror qabul qilish;
  • Kompaniya va uning tarkibiy bo'linmalarida olib boriladigan tekshiruvlar, taftishlar va inventarizatsiyalar hamda ularning natijalari bo'yicha hujjatlarni ko'rib chiqishda ishtirok etish va aniqlangan xuquq buzilishlari bo'yicha xuquqiy xulosalar berish;
  • yuridik xizmatga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xujjatlar va ma'lumotlarni Kompaniya va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlaridan olish;
  • xo'jalik sub'ektlari o'rtasida shartnomalar (lizing, etkazib berish, xo'jalik, mehnat va x.k.), bitimlar, Kompaniyaning mahalliy xujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishitrok etish hamda Kompaniya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan huquqiy xujjatlarni (ishlab chiqarish buyruqlarini, huquqiy yozishmalar) tayyorlash.

Kasbga oid talablar:

  • oliy ma'lumot (yurisprudensiya);
  • yurisprudentsiya sohasida kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo'lishi;
  • Kompaniyaning shartnomaviy-xuquqiy faoliyatiga tegishli bo'lgan normativ va metodik materiallarini bilish;
  • lizing munosabatlari sohasida qonun xujjatlarini, lizing kompaniyalari va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qat'iy belgilovchi normativ-xuquqiy aktlarni yaxshi bilish;
  • Kompaniya va uning tarkibiy bo'limlarining mulkini xuquqiy vositalar orqali saqlashni ta'minlash bo'yicha ishlarni tashkil etish;
  • Davlat tashkilotlari va muassasalariga Kompaniya faoliyatiga tegishli bo'lgan hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda yordam ko'rsatish, ularning o'zaro muvofiqligi;
  • Kompaniyada da'vo qilish faoliyatini olib borish.

Yashash manzili: Toshkent sh.
Til bilishi: uzbek, rus va ingliz tillari
Yoshi: 25 – 45 yosh
Bandligi: to'liq

 

Agar Siz kompaniyamizda ishlashni hohlasangiz?
Elektron pochta manzilimizga (Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.) yoki faks (+99871 267-08-40) orqali rezyume yuborishingiz mumkin.

Bizbilan boglaning

 
O'zbekiston Respublikasi, 100170 
Toshkent sh., Mustaqillik sh. k., 105
 
Ishonch tel.: (998 71) 268-10-10
Faks:            (998 71) 268-08-40

Mintaqaviy tarmoq

  • Toshkent vil.
  • Sirdaryo vil.
  • Samarqand vil.
  • Surxondaryo vil.
  • Qashqadaryo vil.
  • Buxoro vil.
  • (998 71) 267-31-71
  • (998 93) 515-86-66
  • (998 91) 519-32-27
  • (998 97) 532-63-00
  • (998 90) 441-25-00
  • (998 97) 798-35-38

Foydali havolalar

gov.uzmy.gov.uz
gis.uzdata.gov.uz
Яндекс.Метрика

Tashrif buyuruvchilar statistikasi

Bugun: 17

Bir oyda: 1028

Jami: 72666

Belgilangan matni eshitish uchun belgiga bosing! GSpeech